Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

Estimated read time 1 min read

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Jizzax viloyati boshqarmasining sobiq boshlig‘i Mamarasul Umarov yangi lavozimda ish boshlaydi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Umarov Maxmarasul Do‘smatovich Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Maxmarasul Umarov 1992 yili Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Sirdaryo viloyati Sanitariya-epidemiologiya markazida vrach-epidemiolog, Do‘stlik tumani tibbiyot kollejida direktor muovini, direktor, Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida vrach-epidemiolog kabi lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

source

Sizga ham yoqishi mumkin

+ There are no comments

Add yours