"Aholi bandligi to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartish kiritildi.

Estimated read time 1 min read

Prezident “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qonun qonunchilikda yangi normalarni aks ettirish, shuningdek ma’muriy islohotlar doirasida bir qator respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini qayta tashkil etish maqsadida qabul qilingan.

Qonunga ish qidirayotgan shaxslar tomonidan mehnat organlariga ortiqcha hujjatlar taqdim etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar berish mexanizmini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, xodimlarni bo‘shatish to‘g‘risidagi axborotni har oyda elektron tarzda taqdim etish shartlari takomillashtirilmoqda.

O‘zgartishlarga muvofiq, endi oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasiga kiritiladi.

source

Sizga ham yoqishi mumkin

+ There are no comments

Add yours