O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi.

Estimated read time 1 min read

O‘zbekiston milliy jamoasi Armanistonda o‘tkaziladigan jahon chempionati IV divizionida debyut qiladi.

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va yoshlar terma jamoasi 2025 yilgi debyut jahon chempionatida qachon va qayerda ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor rasmiy turnirda – Jahon chempionatining nufuzi jihatidan beshinchi o‘rinda turuvchi IV divizionida ishtirok etadi. Turnir 13-19 aprel kunlari Yerevanda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonga Armaniston, Eron, Kuvayt, Malayziya va Indoneziya raqib bo‘ladi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ham jahon chempionatida debyut qiladi. O‘zbekiston o‘smirlari 2025 yil 28 fevralidan 6 martiga qadar Bangkokda o‘tkaziladigan III divizionning «B» guruhida ishtirok etadi. Ularga Tailand, Turkmaniston, Bosniya, JAR va Lyuksemburg raqiblik qiladi.

source

Sizga ham yoqishi mumkin

+ There are no comments

Add yours