«Zamin» fondi Qoraqalpog‘istondagi 180 ta maktabni suv tozalash uskunalari bilan jihozladi.

Estimated read time 1 min read

Loyihaning barqarorligini ta’minlash maqsadida maktablarda YuNISEF ekspertlari tomonidan suvni tejash, sanitariya va gigiyena bo‘yicha treninglar o‘tkazilmoqda.

«Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonning Nukus shahridagi 1-son umumta’lim maktabi va 4-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurib, o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi, ularning yutuqlari haqida ma’lumot oldi, shuningdek, ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan zamonaviy suv tozalash tizimlarini ko‘zdan kechirdi.

Fond ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 180 ta maktab toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lishi uchun suv tozalash uskunalari bilan jihozlandi.

Loyihaning barqarorligini ta’minlash maqsadida maktablarda YuNISEF ekspertlari tomonidan suvni tejash, sanitariya va gigiyena bo‘yicha treninglar o‘tkazilmoqda.

«Toza ichimlik suvi» loyihasini amalga oshirish doirasida kelgusida Qoraqalpog‘istonning yana 52 ta maktabida suv tozalash tizimi o‘rnatiladi, bu esa bolalarning ta’lim olish sharoitlari va salomatligini yaxshilash imkonini beradi.

source

Sizga ham yoqishi mumkin

+ There are no comments

Add yours