"Adolat" SDP sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq raqamlashtirishni taklif qildi.

Estimated read time 2 min read

O‘zbekiston “Adolat” SDP partiyasi o‘z Saylovoldi dasturida mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq raqamlashtirish tashabbusini ilgari surmoqda. Partiya tomonidan taqdim etilgan dasturda “elektron poliklinika” va “yagona elektron anketa” tizimlarini joriy etish taklifi bilan chiqilgan.

Partiya tashabbusi orqali tibbiy xizmatlarning sifatini yaxshilash va jamiyatda adolat va shaffoflikni ta’minlash mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Partiya xabarida ta’kidlanishicha, raqamlashtirilgan tibbiy xizmatlar platformalari orqali bemorlar o‘zlari uchun qulay vaqtda shifokorlarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa bemorlar va shifokorlarning vaqtini tejab, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonini samarali tashkil qilishga yordam beradi.

Bundan tashqari, yagona elektron anketa va tibbiy ma’lumotlar bazasi orqali har bir bemorning sog‘lig‘iga oid ma’lumotlar yaxlit saqlanadi va shifokorlar bemorning butun tibbiy tarixini kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, raqamlashtirish orqali inson omiliga bog‘liq xatolar kamayadi, davlat organlari esa sog‘liqni saqlash tizimi holatini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin. Bu ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytirish va mablag‘larni tejash imkonini beradi.

Turli sabablarga ko‘ra, ma’lumotlar yo‘qolishi holatlari tufayli bemorlardan qayta tahlillar talab qilinmaydi. Elektron tizimlar orqali qabulga yozilish, tahlil natijalarini ko‘rish va boshqa xizmatlar avtomatlashtirilishi esa shifokor va hamshiralarning ortiqcha yuklamalarini kamaytiradi.

Partiya ma’lum qilishicha, tizimda amalga oshirilgan barcha operatsiyalar nazorat organlari uchun ochiq bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashda ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Xususan, Ruminiya tajribasiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish orqali korrupsiya darajasi sezilarli darajada pasaygani ta’kidlanmoqda.

source

Sizga ham yoqishi mumkin

+ There are no comments

Add yours