Tramp Isroil Eronning yadroviy obektlariga zarba berishi kerakligini aytdi.

Estimated read time 2 min read

AQSh sobiq prezidenti so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati yaratayotgani taxmin qilinayotgan yadroviy qurol «hozirda mavjud eng katta xatar» hisoblanadi.

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Isroil Eron tomonidan berilgan raketa hujumlariga javoban Tehrondagi yadroviy obektlarga hujum qilishi kerakligini ma’lum qildi.

Shimoliy Karolinadagi saylovoldi mitingida chiqish qilgan siyosatchi shu orqali Jo Baydenning so‘zlariga munosabat bildirdi — AQShning amaldagi prezidenti Isroilning Erondagi yadroviy obektlarga hujumiga qarshi.

«Unga bu borada savol berishganida [Eron yadroviy obektlariga hujum bo‘yicha] javob quyidagicha bo‘lishi kerak edi: avvaliga yadroviy zarbani bering, keyin esa qolgan narsadan tashvishlaning», — deydi Tramp.

Respublikachining so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati yaratayotgani taxmin qilinayotgan yadroviy qurol «hozirda mavjud eng katta xatar» hisoblanadi. «Axir bu sizlar zarba berishingiz kerak bo‘lgan narsa emasmi?» — deydi sobiq prezident miting ishtirokchilariga yuzlanib.

4 oktyabr kuni AQSh Davlat departamenti vakillari CNN telekanaliga Isroil hukumati Jo Bayden administratsiyasiga Eronga javob hujumini amalga oshirishni ko‘rib chiqmayotgani bo‘yicha kafolat bermaganini ma’lum qildi. AQSh bu 7 oktyabr kuni — HAMASning Isroilga uyushtirgan hujumiga bir yil to‘lishi munosabati bilan amalga oshirilishidan xavotirda.

Avvalroq AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx 3 oktyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Qo‘shma Shtatlar hukumati Isroil bilan Eronning yirik raketa hujumiga ehtimoliy javob choralarini muvofiqlashtirayotganini ma’lum qilgandi.

source

Sizga ham yoqishi mumkin

+ There are no comments

Add yours