Adam Qodirov Rossiya Rekordlar kitobiga kiritildi.

Estimated read time 1 min read

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li tergov izolyatorida Qur’onni yoqib yuborgan shaxsni kaltaklaganidan keyin omma e’tiboriga tushdi va unga qator mukofotlarni berish boshlandi.

Foto: Telegram/Ramzan Qodirov

Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov RF sub’yektlari orasida xavfsizlik xizmatining eng yosh boshlig‘i sifatida Rossiya Rekordlar kitobiga kiritildi.

Qayd etilishicha, tegishli mukofot 4 oktyabr kuni Grozniyda o‘tkazilgan MMA bo‘yicha musobaqada unga topshirilgan. Nashr bosh muharriri Stanislav Konenko, shuningdek, Adam Qodirovga Rossiya Rekordlar kitobini ommalashtirish yo‘lidagi hissasi uchun medal bilan mukofotlagan.

Adam Qodirov o‘ziga topshirilgan mukofotga quyidagicha izoh berdi: «Biz to‘xtab qolish niyatida emasmiz, Axmat — kuch».

2023 yil yozida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Adam tergov izolyatorida Volgogradda Qur’onni yoqib yuborgan Nikita Juravelni kaltakladi. Qodirov do‘pposlash tasvirlarini e’lon qilgan va o‘g‘lining bu ishidan faxrlanishini aytgan edi.

Shundan so‘ng Adam Qodirov bir qancha mukofotlarga sazovor bo‘ldi, otasining xavfsizlik xizmatida lavozimni egalladi va Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibidagi «Shayx Mansur» batalyoniga rahbarlik qila boshladi. Unga Checheniston qahramoni unvoni ham berildi. Dekabr oyida Ramzan Qodirov sud uning o‘g‘lini jazolashga qaror qilmaganini, Checheniston rasmiylari ham bu bilan shug‘ullanmasligi kerakligini aytgandi.

source

Sizga ham yoqishi mumkin

+ There are no comments

Add yours