O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri UNCTAD bosh kotibi bilan uchrashdi.

Estimated read time 1 min read

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) bosh kotibi Rebeka Grinspan bilan uchrashdi.

“O‘zbekistonga Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha Butunjahon anjumanida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan BMT Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) Bosh kotibi Rebeka Grinspan xonim bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Biz UNCTAD bilan hamkorlikni kengaytirish, investitsiya siyosati, tashqi savdo, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘maklashish va boshqa masalalarga e’tibor qaratdik. Ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilishga kelishib oldik”.

2-4 oktyabr kunlari Toshkentda “WCCe 2024: Inklyuziv ijodkorlik: o‘zgargan voqelik” mavzusida IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Anjuman O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi jamg‘armasi, Indoneziya Turizm va sanoat iqtisodiyot vazirligi, BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi, Jahon intellektual tashkiloti va ta’lim bo‘yicha hamkor – Britaniya Kengashi bilan birgalikda tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda kreativ iqtisodiyot bo‘yicha konferensiyaga mezbonlik qilayotgan birinchi davlat.

source

Sizga ham yoqishi mumkin

+ There are no comments

Add yours