O‘zbekistonda “Butunjahon kosmos haftaligi” o‘tkaziladi.

Estimated read time 1 min read

O‘zbekistonda 4-10 oktyabr kunlari “Butunjahon kosmos haftaligi” tadbirlari bo‘lib o‘tadi. 

“O‘zbekkosmos” agentligi xabariga ko‘ra, BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1999 yilda imzolangan rezolyutsiyaga muvofiq, har yili oktabr oyining dastlabki 10 kunligida dunyoning 100 ga yaqin davlatlari mazkur sanani keng nishonlaydi.

“O‘zbekkosmos” agentligi ham “Butunjahon kosmos haftaligi” doirasida ko‘plab yirik loyihalarni amalga oshiradi. Xususan, 4—10 oktyabr kunlari Tashkent City Mall markazida kosmos tarixiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazma o‘z ishini boshlaydi.

5—6 oktyabr kunlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekkosmos” agentligi va NASA hamkorligida tashkil etilayotgan yirik NASA Space Apps Challange2024 hakatoni bo‘lib o‘tadi. Unda 200 nafardan ziyod yoshlar 40 ga yaqin jamoalarga bo‘lingan holda o‘z loyihalarini ishlab chiqadi.

Butun respublika bo‘yicha umumta’lim maktablari, akademik litsey va universitetlarda “Butunjahon kosmos haftaligi” mavzusiga bag‘ishlangan ochiq darslar, suhbatlar, taqdimotlar va boshqa qator loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

source

Sizga ham yoqishi mumkin

+ There are no comments

Add yours